C-Connect — Yordam
C-Connect — C-Space koworking tarmog'i rezidentlari uchun ilova: majlis xonalarini bron qilish, kredit balansini ko'rish va filiallarni xaritada topish.
Aloqa
- Email: info@cspace.uz
- Telefon: +998 88 484 20 22
- Filial telefonlari ilovada: Lokatsiyalar → filial nomi yonidagi (i) belgisi → "Qo'ng'iroq qilish".
Savolingizga odatda bir ish kuni ichida javob beramiz.
Tez-tez beriladigan savollar
Qanday kiraman? Parol yo'q: emailingizni kiritasiz va xatda kelgan 6 xonali kodni yozasiz. Kod 5 daqiqa amal qiladi. Xat kelmasa, "Spam" jildini tekshiring yoki bir daqiqadan keyin kodni qayta so'rang.
Emailim ro'yxatda yo'q deyapti. Hisobni C-Space xodimi ochadi. Kodni tasdiqlagach ilova qisqa ariza to'ldirishni taklif qiladi — filial receptioni uni tasdiqlagach bron qila olasiz.
Xonani qanday bron qilaman? Lokatsiyalar → filial → "Majlis xonalari" → xona → jadvaldagi bo'sh vaqtni bosing, vaqtni va to'lov usulini tanlab "Bron qilish" ni bosing.
Bronni qanday bekor qilaman? "Bronlar" bo'limida bronni ochib, "Bronni bekor qilish" ni bosing. Boshlanishiga oz vaqt qolgan bronni faqat reception bekor qiladi.
Kredit nima va qanday to'ldiriladi? Kredit — C-Space ichki balansi. U C-Space receptionida to'lov qilganingizda hisobingizga qo'shiladi. Ilovada to'lov va xarid yo'q. Kredit yetmasa, qolgan summa receptionda to'lanadi.
Hisobimni qanday o'chiraman? Ilovada: Hisob → "Hisobni o'chirish". Batafsil: Hisobni o'chirish.